Neymar Pelening rekordlaridan birini yangiladi
24 iyu 2021 20:55
Yangiliklar
Neymar Pelening rekordlaridan birini yangiladi
Amerika Kubogi-2021 guruh bosqich 4-turida Braziliya 2:1 hisobida Kolumbiyani taslim etdi.
Hujumchi Neymar jamoadoshi Kazemironing goliga hammuallif bo'ldi. SHu tariqa, 29 yoshli forvard terma jamoadagi assistlari sonini 48 taga etkazib, afsonaviy Peleni ortda qoldirdi.
SHuningdek, Neymar kelajakda Braziliya TJdagi gollar soni bo'yicha Pelening yana bir rekordini yangilashi mumkin. Hozirda unda 68 ta gol bo'lsa, “futbol qiroli” hisobida 77 ta to'p mavjud.
Fikrlar