Neymar: "O'g'limga Mbappe juda ham yoqadi"
08 okt 2018 21:41
Yangiliklar
Neymar: "O'g'limga Mbappe juda ham yoqadi"
PSJ hujumchisi Neymar jamoadoshi Kilian Mbappeni maqtadi.
"O'g'lim Mbappeni yaxshi ko'radi. Uni mashg'ulotlarga olib bordim. U faqatgina Mbappe bilan gaplashdi. Maktabdagi do'stlariga maqtanish uchun u Kilian bilan rasmga tushib oldi. U juda ham xursand bo'ldi.
Jamoa uchun qanchalik ahamiyatli ekanligimni, javobgarlikni va bosimni his qilyapman. Biroq bizda yana ko'plab sifatli futbolchilar bor, ularni etibordan tushirib bo'lmaydi. Kilian ulardan biri. Jamoa uni hurmat qiladi. Uning yoshi esa hech qanday ahamiyatga ega emas. Bizda barchaning o'rni bor.
Uni tabriklayman. Mbappe ko'proq gol urishi mumkin. U ajoyib futbolchi. Umid qilamanki, u bundan-da kuchaya oladi", - dedi Neymar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar