Neymar nega "Barselona"ni tark etgani haqida gapirib berdi

Aslanov Jasurbek
27 apr 2019, 11:29
PSJ forvardi Neymar o'zining maqsadlari haqida gapirdi.

"Dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lishni orzu qilaman, ammo hozir eng zo'ri Messi. U boshqacha o'ynaydi.

Yangi chaqiruv va g'alabalar uchun "Barselona"ni tark etganman. Yangilikni istadim. Biroq Kataloniya klubini kuzatib boryapman va hozirgacha sobiq jamoadoshlarim bilan muloqot qilib turaman.

Ketganimning sababi bitta: Ko'proq qiyinchilik bo'lishini istadim" - deydi Neymar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo