Neymar: “Murabbiy almashgach, MYU yangicha uslubda to'p tepishi aniq”
19 dek 2018 20:29
Yangiliklar
Neymar: “Murabbiy almashgach, MYU yangicha uslubda to'p tepishi aniq”
PSJ hujumchisi Neymar ECHL qurasi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, PSJ ECHL 1/8 bosqichida MYU bilan to'qnash keladi.
“Qura natijalariga ijobiy qarayapman. Ikki buyuk klub to'qnashuvi muxlislar uchun qiziqarli bo'lishi shubhasiz. Biz “Manchester Yunayted” futbolchilarining kuchli tomonlarini bilamiz. Hozir ularda murabbiyi almashdi, demak o'yin falsafasi ham o'zgarishi tabiiy. Raqibimiz tarkibida to'p tepayotgan futbolchilarning saviyasini yaxshi bilamiz. Bu kabi katta o'yinlarda qatnashishni yaxshi ko'raman. MYUga qarshi to'p tepishdan xursandmiz”, deya Neymarning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Parij klubi matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 9
Fikrlar