Neymar - "Man Siti"ga qarshi o'yin haqida: "Yutish uchun maydonda jon berishga ham tayyorman"
02 may 2021 18:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635021_original.jpg)
![](/upload/storage/635021_220.jpg)
Neymar - "Man Siti"ga qarshi o'yin haqida: "Yutish uchun maydonda jon berishga ham tayyorman"
PSJ forvardi Neymar ECHL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.
"Birinchi navbatda biroz dam olish kerak. Keyin esa ECHLga jiddiy tayyorgarlik boshlanadi. "Manchester Siti"ga qarshi dastlabki o'yin qiyin o'tdi. PSJning navbatdagi bosqichga chiqishi uchun foizlar past bo'lishiga qaramasdan o'zimizga ishonishimiz kerak.
Bizga har bir parijlik ishonishi shart! Men jangchi bo'lishga, g'alaba uchun maydonda jon berishga ham tayyorman. G'alaba uchun borimizni beramiz", - dedi Neymar.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar