“Neymar “Lion”ga qarshi bahsda “PSJ”ga yordam bera olmaydi

21 yanv 2018, 00:12
“PSJ” hujumchisi Neymar Fransiya chempionatining “Lion”ga qarshi bahsida maydonga tusha olmaydi.

Parijliklar ustozi braziliyalik forvardni jarohati bois maydonga tushadigan futbolchilar ruyxatiga kiritmadi.

“PSJ” shuningdek, yarim himoyachi Tyago Motta, Hotam Ben-Arfa va Lukas Mouraning xizmatlaridan ham foydalan olmaydi.

2018 yildan boshlab ilk bor Xaver Pastore maydonga tushishi kutilmoqda. U mashg'ulotlardan biriga kechikib kelgani bois bir oz muddatga tarkibdan chetlatilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "ПСЖ" ФК расмий сайти