Neymar Koutinoni "Barselona"ga o'tishga ko'ndirmoqchi

Aslanov Jasurbek
17 noya 2016
"Barselona" hujumchisi neymar "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni Kataloniya klubiga o'tishga ko'ndirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Neymar bu borada Koutino bilan suhbatlashgan. Ispan grandi murabbiylar shtabi va rahbariyati bir qancha vaqtdan beri futbolchini kuzatmoqda, ammo ish muzokaralarga o'tmagan.

"Liverpul" oldinroq braziliyalik bilan kelishuvni 2020 yilgacha uzaytirdi va uni qo'yib yubormoqchi emas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UOL