Neymar korrupciyada ayblangani uchun sudlanadi
27 iyu 2022 19:27
Yangiliklar
Neymar korrupciyada ayblangani uchun sudlanadi
Neymar jahon chempionatiga bir necha oy qolganda "Barselona" bilan shartnomasi bo'yicha korrupciyada ayblangan holda sudlanadi.
Braziliya superyulduzi to'qqiz yil oldin "Santos"dan 71,5 million funt sterling evaziga Kataloniya klubiga ko'chib o'tdi va bu futboldagi eng katta transferlardan biri bo'ldi. Ushbu transfer amalga oshishida o'sha paytdagi klub prezidenti Sandro Rossel, shuningdek, futbolchining otasi va "Santos"ning sobiq direktori ishtirok etgan.
Neymarga nisbatan 40 foizga yaqin huquqlarga ega bo'lgan DIS futbol marketingi kompaniyasi tomonidan etti yil avval shikoyat bildirilgandi. Ular futbolchi, uning vakillari va oilasi tomonidan aldanganini davo qilishgan. DIS kompaniyasi 2016 yil "Barselona" va Neymar FIFA qoidalarini buzdi va transfer bozoridagi erkin raqobatni o'zgartirdi", deya takidlagandi. Ayblovga ko'ra, 2013 yilgi transfer paytida 7 mln funt-sterling soliq to'lashdan bo'yin tovlangan.
Sud jarayoni oktyabr oyida bo'lib o'tadi, Neymarga ikki yillik qamoq va 8.4 mln funt jarima jazosi qo'llanilishi mumkin.
Fikrlar