Neymar: "JCHga qadar yuqori jismoniy holatda bo'lishni istayman"
24 iyu 2022 15:11
Yangiliklar
Neymar: "JCHga qadar yuqori jismoniy holatda bo'lishni istayman"
PSJ hujumchisi Neymar yangi mavsum starti oldidan o'z fikrlarini bildirar ekan, oldindagi mundial unga eng muhimligini aytib o'tdi.
"Oson bo'lmaydigan mavsum kutib turibdi. Bunga qattiq tayyorlanish kerak. Ammo ko'rib turibmanki, bizda hammasi yaxshi bo'lmoqda.
Hozirgi damda asosiy vazifa - "Nant"ga qarshi Superkubok bahsiga tayyorlanish. Biroq shaxsan men uchun oldindagi mundial muhim. Ushbu turnirga qadar yuqori jismoniy holatda bo'lishni istayman", - dedi Neymar.
Braziliya termasi JCH-2022 guruh bosqichida Serbiya, SHveycariya va Kamerun termalariga qarshi bahs olib boradi. Turnir 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi.
Fikrlar