Neymar: “Jarohat olganimda uyda ikki kun yig'lab yotganman”
20 fev 2019 19:37
Yangiliklar


Neymar: “Jarohat olganimda uyda ikki kun yig'lab yotganman”
PSJ hujumchisi Neymar jarohatdan so'nggi holati haqida gapirdi.
“Bu galgi jarohatdan so'ng menga avvalgilariga qaraganda qiyin bo'ldi. SHunda men “kelinglar operaciya qilaylik, bu muammodan tezroq qutulay” dedim. Xafa bo'lishga asosim yo'q edi. Ammo hozir jarayonning o'tishi menga judayam og'irlik qilayapti. O'shanda uyda ikki kun yig'lab yotganman”, deydi braziliyalik futbolchi.
Ayni paytda Neymar yanvar oyi oxirida olgan jarohatidan tiklanish bilan band. U 10 hafta maydonga tusholmaydi. SHuningdek, futbolchi jarrohlik stoliga ham yotqizilmadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar