Neymar ideal futbolchi qanday bo'lishi kerakligini aytdi
20 may 2021 20:00
Yangiliklar
Neymar ideal futbolchi qanday bo'lishi kerakligini aytdi
PSJ forvardi Neymardan mukammal futbolchi qanday bo'lishi kerakligi haqida berilgan savolga javob berdi.
“Ideal o'yinchi?! O'zimni ayta olamanmi? Bo'ldi, yaxshi.
O'ylashimcha, u Ronalduning jismoniy tayyorgarligi, Ibragimovichning elastikligi, Ramos kabi bosh bilan o'ynay olish, Mbappening tezligi, Messining chap oyog'i, mening o'ng oyog'im, Levandovski kabi poziciya tanlay olish, Kante kabi kurashuvchanlik va Verattining maydon markazidagi ijodkorligiga ega bo'lish kerak”, deydi braziliyalik.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli futbolchi joriy mavsum Franciya chempionatida 17 uchrashuvda qatnashib, 9+5 natijaga erishdi.
Fikrlar