Neymar: “Hali ham yutqazishga o'rgana olmadim. Menga hali ham juda og'ir”
12 dek 2022 09:15
Yangiliklar
Neymar: “Hali ham yutqazishga o'rgana olmadim. Menga hali ham juda og'ir”
“Hali hamom mag'lubiyatning alami bor. Biz juda yaqin edik. Bu yaxshimi yoki yomon, yutqazishga haligacha o'rganmaganman. Mag'lubiyatlar meni kuchliroq qiladi, ammo bu juda katta og'riq beradi va bunga hali ham o'rganmaganman.
Nima bo'lishidan qatiy nazar, oldinga intilishda davom etishimiz kerak... Hayot bizni oldinga yurishga undaydi, garchi, bu og'riqli bo'lsa ham va yaralar bitishi uchun vaqt kerak.
Yana bir bor Braziliya xalqiga qo'llab-quvvatlagani va ko'rsatgan mehr-muhabbati uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Barchasi uchun Qatarga tashakkur. Kubok chiroyli edi va u Braziliyaga ketishi kerak edi, ammo Xudoni irodasi bilan bunday bo'lmadi.
Endi biroz chekinish, oila va do'slat bilan vaqt o'tkazish hamda energeiyani qoplash vaqti keldi, chunki bu mag'lubiyat bilan yashash juda qiyin bo'ladi. Menga hali ham juda og'ir”, deydi Neymar.
Fikrlar