Neymar diskvalifikaciya qilinishi mumkin
07 mar 2019 17:12
Yangiliklar


Neymar diskvalifikaciya qilinishi mumkin
PSJ hujumchisi Neymar "Manchester Yunayted"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidan (1:3) so'ng hakamlikni tanqid qilgani uchun jazolanishi mumkin.
Ayni damda jarohatini davolayotgan braziliyalik o'yinni tribunadan tomosha qildi. Final xushtagi chalinganidan so'ng forvard Damir Skominaning Parij klubi darvozasiga qo'ygan penaltisini tanqid qildi.
Malumotlarga ko'ra, UEFA Neymarni diskvalifikaciya qilishi mumkin. Intizom kodeksiga ko'ra, braziliyalik 3ta o'yingacha diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar