Neymar Braziliya bosh murabbiyining gaplaridan keyin yig'lab yubordi FOTO + Video
11 noy 2017 14:50
Yangiliklar
Neymar Braziliya bosh murabbiyining gaplaridan keyin yig'lab yubordi FOTO + Video
Tite matbuot anjumanida Neymarning yonini olib gapirgan edi.
Eslatib o'tamiz, OAVda braziliyalik forvardning PSJ ustozi Unai Emeri bilan keskin munosabatlari haqida xabarlar ko'payib qolgan.
25 yoshli futbolchi ispaniyalik mutaxassis bilan muammosi yo'qligini va bunday mish-mishlar unga og'riqli ekanligini malum qilgan.
"Odamlar har doim men va Neymar o'rtasida muammo borligini aytishadi. Buni eshitishdan charchadik. SHuni aytishim mumkin-ki, unda individuallik va xarakter bor. Biz ideal emasmiz, biz odammiz. Bazida noto'g'ri harakat qilamiz. Men faoliyatim davomida shunday qilganman. Lekin, biz shaxslar va inson xarakteri haqida gapirganda juda ham ehtiyot bo'lishimiz kerak. Men Neymarning xarakteri, shaxsi va ulkan yuragi haqida gapirishim mumkin", - deb aytgan Tite.
Titening bu gaplaridan so'ng Neymar yig'lab yubordi va murabbiyni quchoqladi. Keyin esa matbuot anjumanini tark etdi.
Video
TAS-IX
TAS-IX emas
Fikrlar