Nevill Pogba haqida: "Pol to'g'ri ish qilmadi"
19 dek 2018 11:45
Yangiliklar
Nevill Pogba haqida: "Pol to'g'ri ish qilmadi"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill Joze Mourinyuning istefosidan so'ng yarim himoyachi Pol Pogba bajargan ishga fikr bildirdi.
"Manchester Yunayted" - Pol Pogba bilan yanada kuchli jamoaga aylandi. Futbolchida haqiqatdan ham iqtidor bor, men unga ishonaman.
Pol murabbiy bilan kelisha olmay qolgan edi. Mutaxassis va futbolchi bir-biriga ishonmadi. So'nggi olti oy ichida ular o'rtasidagi munosabatlar juda yomonlashdi. Pogbaning kechagi ishi (surat joylash) noto'g'ri bo'ldi. Joze ishidan ayrildi, Pol va uning odamlari ahmoqlik qilishdi.
Murabbiy doimo aybdor bo'lgan. So'nggi olti yil ichida 3 nafar murabbiy "Manchester Yunayted"da muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Joze hamma erda g'olib bo'lgan. U sovrin yutmay ketadi deb o'ylamagan edim" - deydi Nevill.
Fikrlar