So’nggi yangiliklar

11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  1 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  2 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  0 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  6 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  32 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  18 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  18 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  128

Nevill Mourinoga nima etishmayotganligini aytdi Yangiliklar

Nevill Mourinoga nima etishmayotganligini aytdi

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill "Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinoning ishini yaxshi baholadi.

"Keynning intervyusini o'qigandim. U "Tottenxem" sovrin yutishga qodir degandi. O'shanda Xarri Angliya Kubogi yoki Liga Kubogini emas, APLni nazarda tutgandi.

Ularning APLni yutishini istisno qila olmayman. Mourino jamoani g'alabalarga o'rgatmoqda, unga faqatgina sovrin etishmayapti. Jozening g'aroyib miyasidan nimalar o'tayotganini bilib bo'lmaydi.

"Tottenxem" ushbu yozda transferlarga katta summa ishlatishini kutmagandim. Mourino shunday murabbiyki, pul talab qiladi va natijalari bilan javob qaytaradi. Endi "shporlar"ning tarkibi ajoyib va raqobatbardosh.

Hujumkor futbolchilar yaxshi o'ynamoqda, ha, ushbu mavsum g'alati o'tyapti, biroq Mourino ularning kuchi evaziga sovrinlar yutishi mumkin. "Arsenal", MYU, "CHelsi" kabi jamoalardan oldinda turish anchagina yoqimli. Mavsum avvalida qilgan taxminimda ularni kuchli to'rtlikka qo'shmagandim, endi esa jamoani chempionlik uchun kurashchilar ro'yxatiga kiritaman.

Mourino "Tottenxem" bilan APLni yuta oladi - bo'lishi mumkin. U futbolchilarga ishonch taqdim qilmoqda, yigitlarning miyasiga g'alaba qozonish o'rnashib qolgan. Bu esa futbolchilarning mentaliteti kuchayishida katta rol o'ynaydi", - dedi Nevill. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика