Nevill: "Menimcha, Gvardiola - futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy"
27 apr 2021 00:31
Yangiliklar
Nevill: "Menimcha, Gvardiola - futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy"
"Menimcha, "Manchester Siti"ni futbol tarixidagi eng kuchli murabbiy boshqarmoqda. Oradan 15, 20, 25 yillar o'tib bu sezilmasligi mumkin. U o'zi borgan davlatlar futbolida etakchi bo'lib, boshqa mamlakat futboliga ham tasir o'tkazmoqda. Bunday holatni oldin ko'rmaganman.
U uch mamlakatda qay tariqa chempion bo'layotganiga etibor bering. Ayni damda u Angliya futbolini boshqarmoqda. Yaqin vaqtlar ichida u so'nggi 5 yildagi uchinchi chempionligini nishonlaydi - bu yuksak natija.
Asosiysi - ECHL. Oldinda PSJga qarshi muhim o'yinlar bor. Agarda "Man Siti" ushbu raqibdan o'ta olsa, balki, sovrinni qo'lga kiritish uchun ham eng qulay imkoniyat bo'lardi.
U "Siti"dan ketishiga ishonmayman. Menimcha, ECHLni yutmasdan Pep hech qaerga ketmaydi. Agarda ECHLdagi g'alabasiz bu erdan ketsa hayron qolgan bo'lardim", - dedi Nevill.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar