Nesterov yana bir rekord ostonasida
19 jan 2019 13:48
Yangiliklar
21 yanvar kuni O'zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda Avstraliyaga qarshi o'yin o'tkazadi.
Agar mazkur bahsda darvozabonimiz Ignatiy Nesterov maydonga tushsa O'zbekiston rekordini takrorlaydi. Gap shundaki, Osiyo Kubogida terma jamoamiz safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi Timur Kapadze hisoblanadi. Uning hisobida 17ta o'yin bor. Ayni paytda Nesterov hisobida 16ta uchrashuv mavjud.
Quyida Osiyo Kuboklarida O'zbekiston terma jamoasi tarkibida eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar keltirilgan:
Timur Kapadze - 17ta o'yin
Ignatiy Nesterov - 16
Server Jeparov - 15
Azizbek Haydarov - 13
Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov - 12
Maksim SHackix, Sanjar Tursunov - 10
Vitaliy Denisov, Viktor Karpenko - 8
O’xshash yangiliklar
11:37
U-17 ayollar Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qura tashlandi: O'zbekiston raqiblarini bilib oldi 0
14:48
Eshitdik-da! O'zbekiston terma jamoasining CAFA musobaqasi uchun tarkibini Kapadzening o'zi yig'adi 25

Fikrlar