Nesterov O'zbekiston rekordini takrorladi
21 jan 2019 19:15
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda Avstraliyaga qarshi o'yin o'tkazmoqda.
Darvozabon Ignatiy Nesterov bahsni asosiy tarkibda boshladi va O'zbekiston rekordini takrorladi. Gap shundaki, Osiyo Kubogida terma jamoamiz safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi Timur Kapadze hisoblanardi. Uning hisobida 17ta o'yin bor edi. Nesterov ham bugun qita kubogida 17-o'yinda maydonga tushdi.
Bundan tashqari Odil Ahmedov va Anzur Ismoilov bugun 13-uchrashuvda ishtirok etishmoqda.
Quyida Osiyo Kuboklarida O'zbekiston terma jamoasi tarkibida eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar keltirilgan:
Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov - 17tadan o'yin
Server Jeparov - 15
Azizbek Haydarov, Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov - 13
Aleksandr Geynrix - 12
Maksim SHackix, Sanjar Tursunov - 10
Vitaliy Denisov, Viktor Karpenko - 8
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar