Nemischa tabrikka – ispancha minnatdorchilik
16 noy 2013 17:51
Yangiliklar


Nemischa tabrikka – ispancha minnatdorchilik
“Bavariya” ning sobiq ustozi Yupp Xaynkes “Sport Bambi” mukofoti bilan taqdirlandi.
Uning ishini davom ettiraëtgan Xosep Gvardiola Xaynkesni mukofot bilan tabriklar ekan, “Bizda – Ispaniyada seni xatto ësh bolalar ham tanishadi.”, - deb aytib o'tdi.
Xaynkes bo'lsa Gvardiolaning bu so'zlaridan boshi osmonga etganini takidladi.
“Pepning so'zlari meni juda ham to'lqinlantirdi. SHu bois men ham unga ispanchada o'z minnatdorchiligimni bildirdim. CHunki faoliyat yuritgan klubingga sendan keyin kelgan har bir murabbiy ham seni bunday iliq tabriklamaydi”, - deya Xaynkesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Bild” nashri.
Aytib o'tishimiz joizki, Yupp Xaynkes ushbu mukofotni onasi xotirasiga bag'ishladi.

Fikrlar