Nematullo Quttiboev: "Darvozaga qaraganimda ochig'i qo'rqib ketdim"
18 may 2022 23:12
Yangiliklar
Nematullo Quttiboev: "Darvozaga qaraganimda ochig'i qo'rqib ketdim"
Bir necha soatlar oldin o'zbek futboli va Italiya chempionati yulduzlari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
3:2 hisobida terma jamoamiz g'alaba qozongan uchrashuvda gollardan biriga taniqli sobiq hujumchi Nematullo Quttiboev mualliflik qildi. Bahsdan so'ng Nematullo Quttiboevning fikrlari bilan qiziqdik.
- Avvalo futbolsevar xalqimizni o'zbek futbolining 110 yilligi bilan tabriklayman. SHunday o'yinda ishtirok etganimdan xursandman. Italiya jamoasiga gol urganimdan mamnunman. Abyattidek darvozabonga gol urish o'zgacha hissiyotlarni berdi. Darvozaga qarasam gavdali posbon. Ochig'ini aytsam qo'rqib ketdim. Yiqilayotganini ko'rib to'pni o'nglab zarba berdim. Garchi terma jamoada o'ynaganimga ancha yillar bo'lganiga qaramay bugun rasman xayrlashdim. Etibor uchun yana bir bor rahmat.
Fikrlar