Nematillo Quttiboev: "Zaxiralarsiz 11 nafar futbolchini oxirigacha o'ynatmoqchi edik"
13 apr 22:22
Yangiliklar


Nematillo Quttiboev: "Zaxiralarsiz 11 nafar futbolchini oxirigacha o'ynatmoqchi edik"
O'yin haqida
- Og'ir o'yin o'tkazdik. "Olimpik MobiUz” mening fikrimcha, Pro-ligadagi eng yaxshi jamoalardan biri. Tarkibida iqtidorli yoshlar bor, ular o'yindan o'yinga kuchayib boraveradi. Raqibning goliga tezkor javob bera oldik. Ikkinchi golimizdan so'ng yigitlarda g'alabaga ishonch paydo bo'ldi. Yaxshi o'yin ko'rsatdik, jamoamiz yigitlariga raxmat aytaman. Shuningdek, jamoamiz muxlislarini ham g'alaba bilan qutlayman.
- Majburiy o'zgarishlar haqida fikringiz qanday?
- Ayni kunlarda parallel tarzda universiada musobaqalari ham bo'lib o'tmoqda. Jamoamiz tarkibidan jalb etilgan futbolchilar ham bor. Zaxiramizda asosan endigina jarohatdan qaytgan futbolchilar o'tirishibdi. Majburiy o'zgarishlarni amalga oshirdik, aslida 11 nafar futbolchini oxirigacha o'ynatish rejamizda bor edi.
- "Olimpik Mobiuz” jamoasida avvalgi mavsumdan qanday farq sezdingiz?
- Bu haqida aytdim, bu jamoa tarkibi yosh futbolchilardan iborat. O'yindan o'yinga qo'shib boraverishadi. Jamoada avvalgi mavsumdagigan ko'ra o'sish kuzatiladi albatta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar