Nematillo Quttiboev: “Yo'qotishlar sabab rotaciyalarga majbur bo'layapmiz”
18 sen 2024 22:41
Yangiliklar
Nematillo Quttiboev: “Yo'qotishlar sabab rotaciyalarga majbur bo'layapmiz”
O'yin haqida
- Avvalo jamoa muxlislarini g'alaba bilan qutlayman. O'yin bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Vaziyatlarni ko'proq yaratdik. Yigitlarda g'alaba uchun kuchli hohish bor edi. Harakat qildik va g'alabaga erishdik.
- Azamjon Aliev bugun o'rta chiziqda harakatlandi. Buning sababi nima, o'yinga tanlangan rejami?
- O'tgan turda Obid Jo'raboev to'rtinchi sariq kartochkasini olgandi. Bugun shu yo'qotish sabab turli o'zgarishlarga qo'l urdik. Azam Aliev va Salamat Quttiboevlar himoyada yordam berishdi. Yo'qotishlar sabab, shunday uslubda o'ynashga majbur bo'ldik.
- Arislan Yusupbaev zaxiradan tushib, gol urdi. Navbatdagi uchrashuvlarda uni asosiy tarkibda ko'ramizmi?
- Buni hozir ayta olmayman. O'yindan oldin undan bugungi uchrashuvga tayyorligi haqida so'radim, o'ynay olaman dedi. Barchaga imkoniyat beramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar