Nematillo Quttiboev: "Qiyin o'yin bo'lishini bilardik"
08 avg 22:59
Yangiliklar
Nematillo Quttiboev: "Qiyin o'yin bo'lishini bilardik"
Pro-liganing 15-turidan o'rin olgan "Aral" - "Do'stlik" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- O'yin haqiqatdan ham og'ir kechdi. Tanaffusdan keyin dastlabki o'yinga kirishish oson bo'lmaydi. Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. "Do'stlik" jamoasiga yangi bosh murabbiy keldi, tarkibga bir qator yangi futbolchilar jalb etildi. SHunga qaramasdan bugungi o'yinda g'alabani maqsad qilgandik, bunga erishdik.
Jamoa azolariga bugungi o'yin uchun raxmat aytaman. SHuningdek, bizni doim qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman.
- Bugungi o'yinda "Do'stlik" safida gol kiritgan Temur Usmonov "Aral"da ham o'ynab ketgandi. SHu futbolchi haqida fikringiz?
- Albatta, Temur bizning jamoada ham o'ynagan. U o'zbek futbolida taniqlilardan biri. Gol kirita oldimi, demak shunga mos mahorati bor.
Fikrlar