So’nggi yangiliklar

12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  3 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11

Nematillo Quttiboev: "Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida kechdi. Jamoalar o'rtasidagi daraja uchrashuv taqdirini hal qildi" Yangiliklar

Nematillo Quttiboev: "Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida kechdi. Jamoalar o'rtasidagi daraja uchrashuv taqdirini hal qildi"

O'zbekiston kubogi 1/8 final "Aral" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so'ng nukusliklar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- "Paxtakor" jamoasini g'alaba va keyingi bosqich yo'llanmasi bilan tabriklayman. Uchrashuvning birinchi bo'limi teng kurashlar ostida kechdi. Ikkinchi bo'limda futbolchilarimda charchoq alomatlari sezildi. "Paxtakor" ko'p vaziyatlar yarata oldi. O'yin so'ngida esa ular gol urishdi va g'alaba qozonishdi.

- Bugun "Paxtakor" jamoasi "Aral"dan jismoniy jihatdan ustunligi ikkinchi taym so'ngida bilinib qoldi. Amaldagi chempion va Superliganing eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynash qanchalik qiyin bo'ldi?

- "Paxtakor" kuchli jamoa ekanligini barcha biladi. SHunga qaramay, biz hujumkor futbol tanladik. "Paxtakor" stadioning maysasi tabiiy. Biz esa suniy qoplamada futbol o'ynashimizni bilasizlar. Ushbu jihat ham futbolchilarga biroz og'irlik qildi. Tanaffusdan so'ng "Paxtakor" hujumga bo'lgan etiborini yanada kuchaytirdi.

- Ushbu uchrashuv aslida Nukus bo'lib o'tishi kerak edi. Agar uchrashuv manzili o'zgarmaganida "Paxtakor"ga qanchalik qiyin bo'lardi? O'tgan mavsum "Paxtakor" Nukusda 0:2 hisobida mag'lub bo'lganini eslaymiz.

- Bu masala haqida o'ylash noto'g'ri. "Paxtakor" top jamoa va bugungi uchrashuvda daraja o'z so'zini aytdi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика