So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  0 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

Nematillo Quttiboev: "Aral" jamoasi barcha raqiblarga qarshi hujumkor futbol ko'rsatadi" Yangiliklar

Nematillo Quttiboev: "Aral" jamoasi barcha raqiblarga qarshi hujumkor futbol ko'rsatadi"

Pro-liganing 2-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Aral" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Mashal" jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Birinchi bo'limda markaziy himoyachilarimiz xatosidan keyin raqiblar gol urib ketishdi. Ikkinchi bo'limda ustunlik biz tomonga o'tgandek ko'rindi, vaziyatlar yaratdik. Biroq, hujumlar yakunida gol yuzaga kelmadi. Keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Ikki futbolchimiz jarohat oldi. Damir Nizanov va yana bir hujumchimizning jarohati sabab zaxiradan yangi kuchlarni maydonga tushirdik. Lekin zaxiradan qo'shilgan futbolchilar kutilganidek harakat qila olishmadi.

Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish. Uydami, safardami, barcha uchrashuvlarda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Oldimizda katta maqsadlar bor, shu maqsadlar amalga oshishi uchun harakat qilamiz.

"Aral" jamoasi "Mashal", "Qo'qon-1912", "Buxoro" va chempionatdagi boshqa jamoalar bilan ham hujumkor o'yin ko'rsatishni maqsad qilgan. Himoyaviy o'yin bizning uslubimiz emas. Keyingi uchrashuvlarda ham shunday hujumkor o'yin namoyish etishni maqsad qilganmiz" - deydi nukusliklar ustozi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика