Nemanya Matich: "Manchester Yunayted" keyingi mavsumda chempionlik uchun kurashishi shart
01 avg 2020 23:38
Yangiliklar
Nemanya Matich: "Manchester Yunayted" keyingi mavsumda chempionlik uchun kurashishi shart
MYU yarim himoyachisi Nemanya Matich yakunlangan mavsum yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi.
"SHaxsan men "MYU" bilan Angliya chempionatida g'olib chiqishni istayman. Bizning klub doim chempionlik uchun kurashishi kerak. Doim klub uchun eng yaxshi bo'lgan natija sari intilishimiz lozim. Buning uchun oxirigacha kurashishimiz shart. Albatta, jamoamiz yosh. Ammo, bu bahona bo'la olmaydi. Jamoadagi yosh yigitlar allaqachon bir necha mavsum o'tkazishga ulgurishgan. Demak, keyingi mavsumda chempionlik uchun kurasha olamiz. Jamoadoshlarim ham xuddi mendek o'ylashlari aniq. Nima bo'lganda ham g'oliblik uchun navbatdagi mavsumda oxirigacha kurash olib boramiz",- deydi Nemanya Matich.
Fikrlar