Neymar: “2010 yilda “CHelsi”dan taklif bo'lishiga qaramay, Pele qolishimni so'ragan edi”
28 iyu 2014 14:22
Yangiliklar
Neymar: “2010 yilda “CHelsi”dan taklif bo'lishiga qaramay, Pele qolishimni so'ragan edi”
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar, 2010 yilda “CHelsi”ga o'tish imkoniyati bo'lganini va Futbol qiroli Pele uni “Santos”da qolishga ko'ndirganini takidladi.
“O'sha vaqt menga hatto Pele qo'ng'iroq qildi. Tassavur qilyapsizmi, men o'zimni qanchalik kerakli inson deb hisobladim? Futbol qiroli mendan qolishimni so'radi. U menga faoliyatim davomidagi yutuqlarimni eslatdi. Qaror qabul qilish qiyin edi, ammo to'g'ri qaror bo'lgan. Bu men uchun, oilam uchun, do'stlarim uchun va faoliyatim uchun to'g'ri qaror bo'lgan” – deydi Neymar.
Ayni paytda Neymar “Barselona” futbolchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda futbolchi 26 uchrashuvda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishdi.
Ayni paytda Neymar “Barselona” futbolchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda futbolchi 26 uchrashuvda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishdi.
Fikrlar