Nega Julio Sezar CHili bilan uchrashuvdan so'ng yig'ladi
29 iyu 2014 12:58
Yangiliklar
Nega Julio Sezar CHili bilan uchrashuvdan so'ng yig'ladi
Ivan Kalashnikov bugun sizga, chililiklarni penaltilar seriyasida to'xtatib qolgan Braziliya terma jamoasi darvozaboni o'yinda so'ng nega yig'laganini aytib beradi.
U 2010 yilda Gollandiya bilan uchrashuvdan keyin ham yig'lagan. O'sha uchrashuvda Julio Sezar qanotdan etkazib berilgan to'pga chiqayotgandi, keyin esa Felipe Meloga qoqilib ketadi va darvozaga kirib ketayotgan to'p, uning qo'llari yonidan o'tib ketadi, 1:1. Birozdan so'ng gollandlar yana gol urishadi va Braziliya uyiga ravona bo'ladi. U yig'i aralash oxangda shunday intervyu beradi: - “Bu musibatni qanday engishni bilmayman”.
To'g'risini aytganda, “Inter”dagi so'nggi mavsumida o'yini biroz oqsay boshladi, bir qancha vaqtdan so'ng esa u cho'kayotgan “Kuinz Park Reynjers” safida paydo bo'ldi. Ammo KPR premer ligadan chiqib ketayotganida Sezar jamoadagi eng yaxshi futbolchi bo'lgan, shuning uchun Skolari uni terma jamoaga qabul qilgan.
O'tgan yili men Vyacheslav Malafeev haqidagi “Butun hayot qo'lqopda – 2” suratga olish guruhi bilan Sezar mehmoni bo'ldim. Julio yozda KPRni tark eta olmadi va zahirada qolib ketdi, ammo hursanddek ko'rinardi. U formada bo'lib turish uchun, uyida mashg'ulot zali tashkil qiladi, bu mashg'ulotlar yutuqlarga to'la shkaf va Samuel Eto'O sovg'a qilgan Kamerun bayrog'i tushirilgan muzlatgich oldida o'tar edi.
Sezardan farqli o'laroq, uning farzandlari inglizchada erkin gaplasha olishardi. Uyda unga Julioni katta qilgan enagasi yordam berardi, keyin esa futbolchining bolalariga Italiya va Angliyada ham ko'z quloq bo'lib turgan. Darvozabonning xotini – model va aktrisa Suzana Verner – u bizga Londonda do'kon aylanish Milandagidan ko'ra yaxshiroqligini va Braziliyaga umuman qaytmasligini takidladi: 2013 yildagi Konfederaciyalar Kubogida, unga to'pponcha tirashib, o'zi tug'ilgan shaharda uni tunab ketishgan.
London Julio Sezar oilasi va qarindoshlariga yoqardi, chunki u o'zini biroz bo'sh qo'ygan – hazillashardi, quvnoq so'zlashardi. Suhbatimiz orasida u Barboza va Markanaso familiyalarini eshitganda sergak tortib qoldi.
1950 yilda Braziliya jahon chempionatiga mezbonlik qilganda Urugvayga darvozabon Barboza xatosi tufayli imkoniyatni boy bergan, bu so'zlarni Sezar jiddiy qabul qildi. “Odamlar Barbozani kechirishmadi. Menga ham JARdagi omadsizligimni eslatishsa kerak, chunki Braziliya terma jamoasi faqat g'alaba qozonishi kerak. Men yana jahon chempionatida o'ynamoqchi va o'z aybimni yuvmoqchiman” – deydi Sezar.
Julio qishda xotini, bolalari, enagasi va yaqinlarini Torontoga olib ketadi va o'sha erda o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. “MLS”dagi ishtiroki tufayli, u terma jamoaning birinchi raqamli darvozaboni bo'lib qoldi va nimchorak finalda CHili futbolchilarining penaltilarini qaytardi. Keyin esa – huddi to'rt yil oldingidek, uchrashuvdan keyingi intervyuda yig'lab yubordi.
Jasur Aslanov tarjimasi

Fikrlar