So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Nega Pro ligada katta tanaffus paydo bo'ldi? Yangiliklar

Nega Pro ligada katta tanaffus paydo bo'ldi?

Xabaringiz bor, 13 sentyabr kuni Pro liganing II bosqichiga qura tashlandi.

O'zPFL musobaqa taqvimini elon qilishga ham ulgurdi.

Unga ko'ra, quyi to'rtlik jamoalari uchun mavsum oktyabr oyi oxirida yakunlanadi. Ammo yuqori to'rtlik so'nggi turni 21 noyabr sanasida o'tkazadi. Bu tafovut yuqori to'rtlik jamoalari uchun 14 oktyabrdan 6 noyabrga dovur yuzaga keladigan tanaffus tufayli paydo bo'ldi.

Ko'pchilikni Pro liga taqvimidagi 22 kunlik tanaffus qanday paydo bo'lgani qiziqtirmoqda. Bu borada tahririyatimizga murojaat qilganlar ham bo'ldi. Bugun shunga oydinlik kiritishga qaror qildik.

Malum bo'lishicha, PFLning rejalari boshqacha edi va barchasi U-23 jamoalari o'rtasida Quvaytda o'tkaziladigan turnir sabab o'zgarib ketdi. Bu musobaqada yurtimiz sharafini Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoa himoya qiladigan bo'ldi. Xabaringiz bor, Timur Kapadze ayni paytda "Olimpik" klubiga ham ustozlik qilyapti va uning shogirdlari Superliga yo'llanmasi uchun kurashadigan yuqori to'rtlikning ichida. SHu tufayli Pro liga jadvalining tepa qismida ixtiyoriy-majburiy tanaffus yuzaga keldi.

Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Quvaytdagi turnir 25-31 oktyabr kunlari bo'lib o'tishidan xabaringiz bor. Timur Kapadze esa unda ishtirok etadigan shogirdlarini 17 oktyabrda yig'ishni so'ragan. Bu o'z-o'zidan tanaffusni yana 1 haftaga uzaytirdi. 

SHu o'rinda savol tug'iladi. Kelasi yil o'tadigan U-23 Osiyo chempionatida mezbon sifatida qatnashishimiz aniq. Quvaytdagi turnirning biz uchun rasmiy jihatdan hech qanday ahamiyati yo'q va faqat tayyorgarlik vazifasini o'tashi kerak. Xo'sh, shunchaki tajriba uchun qatnashiladigan musobaqaga tayyorgarlikni 1 hafta oldin boshlash shartmi? To'g'ri, tayyorgarlik va yig'inlarning hech qanday zarari bo'lmasligi mumkin. Biroq bu Pro ligada ishtirok etayotgan 4 klubning manfaatlariga zarar etkazmasligi kerak emasmi?

Saytimizda roppa-rosa 1 hafta oldin ayollar terma jamoasi ustozi Bahrom Norsafarovning istagi bilan butun boshli chempionatning 17-turi keyinga qoldirilgani haqida maqola elon qilingan va bu holat qoralangandi. Endi esa Timur Kapadzening xohishi bilan "Neftchi", "Nurafshon" va "Dinamo" manfaatlariga putur etadigan bo'lib turibdi. Nima deb o'ylaysiz, terma jamoalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar kun kelib ularga kadr etkazib berayotgan ichki chempionatimizni hurmat qilishni o'rganishadimi?

CHempionat yoki terma jamoa?

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика