So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  7 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  8 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  11 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Nega "Nasaf" ketma-ket ikkinchi yil OFK licenziyasini ololmayapti? Boshqa klublarchi? Yangiliklar

Nega "Nasaf" ketma-ket ikkinchi yil OFK licenziyasini ololmayapti? Boshqa klublarchi?

Malumki, mamlakat chempionati yuqori divizionida ishtirok etuvchi futbol klublari har yili licenziyalash jarayonidan o'tkaziladi.

Joriy yildan etiboran O'zbekiston Professional futbol ligasi Pro liga klublarining ham barchasini mazkur jarayonga jalb etgan holda klublarimizning umumiy infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilab borish, Pro liga ishtirokchilarini tashkiliy tuzilma jihatidan Coca Cola Superliga vakillariga yaqinlashtirish amaliyotini joriy etdi.

Osiyo futbol konfederaciyasi nazorati ostida tashkil etiladigan ushbu muhim jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi — klublarning kelasi mavsumda xalqaro va ichki musobaqalarda ishtirok etishi masalasida ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Bu jarayonda OFK yoki milliy licenziyani olish uchun klublar bir qator mezonlar asosida hujjatlarini taqdim etishadi. OFK tomonidan belgilab beriladigan ishchi-rejaga asosan licenziyalash jarayoni aprel oyida start oladi va klublar iyun oyi so'nggiga qadar sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy mezonlar bo'yicha, shuningdek iyul oxiriga qadar moliyaviy mezonlar bo'yicha hujjatlarni taqdim etishadi. Ular tomonidan OFKning maxsus onlayn platformasi – AFCCLASga joylangan hujjatlar sarhisob qilinib, Professional futbol klublarini licenziyalash qo'mitasining qarori asosida klublarga licenziya taqdim qilinadi.

Joriy yil hisobidan Coca Cola Superliga hamda Pro liga klublari 5 ta mezon bo'yicha zarur hujjatlar to'plamlarini taqdim etishdi. O'zbekiston futbol associaciyasi Professional futbol klublarini licenziyalash bo'yicha qo'mitasi klublar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to'plamlari bilan tanishib chiqib, ularning Reglament mezonlariga qay darajada mos tushishini o'rgandi. Bu jarayonda qaysi klublar licenziya olish uchun talablarga javob beradi, qaysi klublarda esa kamchliklar mavjud ekaniga oydinlik kiritildi.

Joriy yilgi licenziyalash jarayoni yakunlariga ko'ra, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Navbahor Lochinlari”, “Metallurg”, AGMK hamda “So'g'diyona” klublari topshirgan hujjatlar to'plamlari qoniqarli deya baholandi. Natijada mazkur klublarga 2021 yilgi OFK musobaqalarida qatnashish uchun – OFK licenziyasi, shuningdek kelasi yili O'zbekistondagi ichki musobaqalarda qatnashish uchun – Milliy licenziya taqdim etildi.

Yuqoridagi 7 ta klub bilan bir qatorda “Nasaf”, “Qizilqum” (Superliga) hamda “Dinamo” (Pro liga) klublariga 2021 yilgi O'zbekistondagi ichki musobaqalarda qatnashish uchun – Milliy licenziya taqdim etildi. Mazkur klublar topshirgan hujjatlar OFK talablariga to'liq javob bermagan bo'lsa-da, milliy chempionatimizda qatnashish uchun etarli bo'ldi.

SHu o'rinda 12 ta klubga 2021 yili milliy darajadagi musobaqalarda qatnashish uchun licenziya shartli ravishda taqdim etildi. “Buxoro”, “Qo'qon-1912”, “Andijon”, “Surxon”, “Mashal”, “SHo'rtan”, “Neftchi”, “Turon”, “Oq-tepa”, “Zomin”, “Xorazm” va “Istiqlol” klublari kelasi yilgi chempionatimizda ishtirok etishlari mumkin bo'ladi. Faqat mazkur klublar licenziyalash jarayonida aniqlangan kamchiliklarni keyingi yil aprel oyiga qadar to'liq bartaraf etishlari talab qilinadi.

Qayd etish joizki, shu paytga qadar klublarimizga Milliy licenziya shartlar asosida berilmagan. Buning natijasida hujjatlar taqdim etishdagi sustkashliklar, hujjatlarning o'z vaqtida taqdim etilmasligi, infratuzilma bo'yicha talablarga mos tushmaslik yoki klub tizimida faoliyat yurituvchi murabbiy (mutaxassis)larning diplomlari standart darajadan past bo'lishi hozirgacha davom etib keldi. Aynan mana shunday sabablar tufayli Qarshining “Nasaf” klubi ketma-ket ikkinchi yildirki OFK licenziyasini qo'lga kirita olmadi.

Eng asosiy kamchiliklardan biri aksariyat stadionlardagi yoritish tizimi talab darajasidan ancha past ekani bo'lib turibdi. Ayniqsa, Milliy licenziya shartli ravishda taqdim etilgan klublarimizning deyarli barchasi bu borada oqsamoqda.

Osiyo Futbol Konfederaciyasi 2021 yildan boshlab qita miqiyosida tashkil etiladigan musobaqalar uchun talablarni yanada qatiylashtirmoqda. Xususan, endilikda Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi o'yinlarini qabul qiladigan stadionlarda yorug'lik darajasi 1800 lyuksdan kam bo'lmasligi talab etiladi. Bu ko'rsatkich OFK kubogi guruh bosqichida 1400 lyuksni tashkil qiladi.

Yana klublarda faoliyat olib boruvchi jismoniy tayyorgarliklar murabbiyi hamda darvozabonlar murabbiyi endilikda Level 2 diplomiga ega bo'lishi lozim. Bu borada ham ko'plab klublarimizda muammolar mavjudligi aniqlandi.

Qolaversa, hamma klublarning ham texnik direktorida “A” diplomi mavjud emasligi oydinlashdi.

Yuqoridagi barcha jihatlarni inobatga olgan holda 2021 yilgi musobaqalarda qatnashish uchun licenziyalar 3 xil toifada taqdim etildi:

OFK licenziyasi – “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Navbahor Lochinlari”, “Metallurg”, AGMK, “So'g'diyona”.

Milliy licenziya – “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Navbahor Lochinlari”, “Metallurg”, AGMK, “So'g'diyona”, “Nasaf”, “Qizilqum”, “Dinamo”.

Milliy licenziya (shartli ravishda) – “Buxoro”, “Qo'qon-1912”, “Andijon”, “Surxon”, “Mashal”, “SHo'rtan”, “Neftchi”, “Turon”, “Oq-tepa”, “Zomin”, “Xorazm”, “Istiqlol”.


Licenziyalash jarayoni o'tkazilishing eng muhim sababi – klublarimizning umumiy infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilab borish, ularning har jihatdan professional maqomga mos tushishiga erishish sanaladi.

Bejizga OFK licenziyalash jarayonidan muvaffaqiyatli o'tmagan klublarga mavsum yakuniga ko'ra sovrinli o'rinni qo'lga kiritsa ham, o'z musobaqalarida qatnashishga ruxsat bermaydi.

SHu kabi jihatlarni inobatga olib, endilikda licenziyalash jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi masalasiga juda jiddiy etibor qaratiladi. Agar klublar hujjatlarni taqdim etishda sustkashlikka yo'l qo'ysa, infratuzilma yoki boshqa mezonlar bo'yicha kamchiliklarni o'z vaqtida to'g'rilamasa, klubning milliy chempionatda qatnashish uchun berilgan licenziyasi bekor qilinishi mumkin. Agar barcha klublar mazkur jarayonga masuliyat bilan yondoshsa, nafaqat 7 ta, balki undanda ko'proq klublarimiz xalqaro musobaqada qatnashish uchun licenziyaga ega chiqishi mumkin bo'ladi.

OFK ham licenziyalash bo'yicha normalarni yanada qatiylashtirayotganini inobatga olib, ayni paytda Licenziyalash bo'yicha milliy Reglamentimiz qayta ishlab chiqilmoqda. Standartlar yanada oshirilayotgani sababli klublarimiz hozirdanoq keyingi Licenziyalash cikliga hozirlikni boshlashlari ayni muddado bo'ladi.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика