Nega "Lokomotiv" chempion bo'la olmadi?
15 noy 2013 12:50
Yangiliklar

Nega "Lokomotiv" chempion bo'la olmadi?
Yil boshida chempionlik uchun kurash olib borishni maqsad qilgan "Lokomotiv" mavsum yakuniga qadar "Bunyodkor" va "Nasaf" bilan raqobatlashdi.
Ammo kerak bo'lmagan joylarda ochkolarni yo'qotish oqibatida temiryo'lchilar alamli tarzda chempionlikka erisha olishmadi. Bunga asosiy sabab jamoani birinchi davrada yuqori pog'onaga olib chiqqan futbolchilarning safdan chiqishi bo'ldi. Avvaliga Sanjar Tursunov "Gazovik" bilan shartnoma imzoladi. Kubok yarim finalining birinchi uchrashuvida Farhod Tojiev "Bunyodkor"ga qarshi kechgan o'yinda jiddiy jarohat oldi. Turdan turga o'yini ochilib borayotgan Sadriddin Abdullaevning jarohati esa hammasidan oshib tushdi.
Siz ko'rib turgan surat O'zbekiston kubogi doirasida "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi o'yinda tushirilgan. Bu uchrashuvda Hakim Fuzaylov yuqoridagi trioga dam olish imkonini bergan edi.

Fikrlar