So’nggi yangiliklar

13:59Футзал. Қўшниларимиз ҳам Тошкентга етиб келишди  0 13:33Футзал. Амалдаги Жаҳон чемпионлари Тошкентга етиб келишди  2 13:07ЖЧ-2026 саралаши. Ироқ 83 дақиқа битта кам ўйнаб дуранг қайд этди  1 12:38Суперлига. "Нефтчи" — "Қизилқум" учрашуви Яйпанда ўтказилади  0 12:11Суперлига. "Пахтакор" - "Динамо" баҳси санаси ҳам ўзгарди  1 11:45Кожо Жоэль: "Эътиборлироқ бўлишимиз керак эди"  7 11:23Суперлига. "Динамо" — "Бунёдкор" ўйини санаси ўзгарди  2 11:00ПСЖ ва "Челси" собиқ устози АҚШ терма жамоасини ЖЧга тайёрлайди  1 10:31Ёзда шартномаси тугайдиган Салоҳга иккита ТОП клуб қизиқиш билдирмоқда  5 09:56"Арсенал" академияси тарбияланувчиси 14 йилга қамалди  3 09:50Суперлига 18-тур баҳсларининг ҳакамлари маълум. "Навбаҳор" - "Насаф" учрашувини Аҳрол Рисқуллаев бошқариб боради  4 09:22Футзал. Ливия терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 08:50УзПФЛ. Ойнинг барча соврини ҳам «Насаф» аъзоларига насиб этди  5 08:36Жалолиддин Машарипов: "Энди ёш футболчи эмасмиз, айрим вазиятларда масъулиятни ўз бўйнимизга олиб, вазиятни ўзгартиришимиз керак"  20 08:17Футзал. Жаҳон чемпионлигига даъвогар қўшниларимиз Тошкентга етиб келди  3

Nega Jo Xart jahonning eng g'alati darvozaboni? Yangiliklar

Nega Jo Xart jahonning eng g'alati darvozaboni?

Teglar :  Jo Xart
"Manchester Siti" darvozaboni Jo Xart ko'pinchi o'zi bilmagan xolda barchaning diqqat markazida bo'lib qoladi.

Yirik futbolchilar ortida yirik raqamlar turadi. Giggz va Xavi o'z jamoasi safida tonnalab uchrashuvlar o'tkazgani uchun buyukka aylanishdi. Pep darvidagi "Barselona" esa har bahsda kamida 500 ta pas berib "Total futbol" tamg'asini oldi. Raqamlarga yanada chuqurroq sho'ng'iydigan bo'lsak, Otamendi o'tgan mavsumda ikkinchi qavat uchun kurashlarning 64%da g'alaba qozonib (Primeroda eng yaxshi natija) 45 mln. evro evaziga "Siti"ga o'tdi.

Asosiy shaxsiy sovrin foydalilik bo'yicha eng katta ko'rsatkichga ega futbolchiga topshiriladi. Ammo juda kam xollarda bu yondoshuv to'g'ri emasdek. "Arsenal" o'z vaqtida nega aynan Drogbadan "pachka"lab gol o'tkazgan? Nega Kloze gol urgan uchrashuvda Germaniya terma jamoasi biror marotaba ham mag'lub bo'lmagan? Raqamlar jim.

Siz statistikalar hammasini to'g'ri aytadi desangiz juda katta xato qilasiz. "Google"da "psj man siti chempionlar ligasi" deb yozing va Jo Xart raqamlar doim ham haq bo'lavermasligini isbotlaydi.

"SHaharliklar" APLda oltin medalga ega chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lishdi, ammo CHempionlar ligasi chorak finalida teng raqibni mag'lb etishdi. Pellegrini shogirdlari David Luis penalti ishlagunicha hujumga juda kam o'tishayotgan edi. 11 metrlik jarima to'pi qarshisiga jahonning eng qo'rs futbolchisi yaqinlashdi. Jo o'zi bilgandek o'ng tomonga yiqildi va jamoasini goldan qutqardi. To'pni qaytargan Xart "Siti"ning asosiy figurasiga aylandi. Buni mavsumning seyvi deyish mumkinmidi?


Bu taassurot tanaffusgacha saqlanib qolmadi. Fernando o'z darvozasi oldida xato qildi va Zlatan o'zgacha uslubda gol urdi. Bu operator va Xart ulgurmay qoldi.


"Siti" darvozaboni haqida tasavvurga ega bo'lish uchun "Park de Prens"dagi birinchi bo'limning o'zi etarli bo'ldi. 6 yil davomida asosiy tarkibdan tushmay kelayotgan Jo, o'zining betakror harakatlari bilan jamoasi muqarrar goldan qutqarib qola oladi, ammo bir hafta o'tib autsayderlardan "qo'ng'iz gol" o'tkazib yuboradi.

Kamchiliksiz posbonlar yo'q, ularning hech biri himoyachi xatosidan kafolatlanmagan. Ammo shunga o'xshash "omadli" vaziyatlarda Xart juda ko'p ishtirok etadi. SHu bilan birga u shedevr gollarni o'tkazib yuborishni ham biladi. Agar Kavani yiqilayotib gol urganida, Jo Parijdagi uchrashuv videosini o'z biografiyasidek sotishi mumkin edi.


Katta "qovunlar tushiradi"

Xart ham boshqa ingliz posbonlari kabi xatolarga o'ch. U o'z faoliyatining boshida to'pga chiqishlarda juda ko'p "qouvn tushirgan". "Sanderlend, "Blekbern" va "Lester"ga (2010/11 mavsumda "tulkilar" Angliya Kubogining 3-bosqichigacha etib borgan) qarshi uchrashuvlardagi Joning xatolarini Youtube saytining darvozabonlarga atalgan videolarning har birida uchratish mumkin.

Xart o'z darvozasini kam tashlab chiqadigan bo'ldi, lekin oddiy zarbalarni qaytarishda asabiylasha boshladi. Bunday gollar ko'proq 2013 yilda "Siti" darvozasiga kirib ketaverdi va tanqidchilarning har ikkinchisi posbonga "tosh otdi". "Siti" fevralda "Sautgempton"ga g'alaba sovg'a qildi (1:3) va uchrashuvda urilgan gollarning bittasida darvozabon 100% aybdor edi. Aprelda Endi Kerrol hamyurti oyoqlari orasidan gol urdi, avgustda Xart shotlandiyaliklarga qarshi bahsda g'alati gol qo'yib yubordi. Omadsizliklar markazi oktyabr bo'ldi: Jo "Bavariya" bilan o'yinda Riberining uzoq masofadan yo'llagan zarbasini qaytara olmadi.


Buyuk gollarni o'tkazib yuboradi

Agar FIFA "eng chiroyli gol o'tkazib yuborish" nominacisida g'olib aniqlaganida, Jo rekordchi bo'lardi. "MS"ning birinchi raqami darvozasiga shunchalik ko'p chiroyli gol urilganki, u formasi ostida Balotelli kabi "Nega doimo men?" yozuvli mayka kiyib yursa bo'ladi. Jo bu borada milliy chempionati va xalqaro uchrashuvlarda bir xil natijaga ega.


Jahon darajasidagi darvozabonligicha qolaveradi

Ronaldinoning Simen darvozasiga urgan golini, Nevillning Robinsonga bergan pasini, Karson va xorvatlar, hamda Grinning Janubiy Afrikadagi ishlarini yaxshi eslaymiz. "Uch sherlar"ning so'nggi himoya chizig'i juda ko'p xato qilganki, xatto darvozaga ikki posbonni qo'yishni istab qolasiz. Ammo Messining penaltisini va Myullerning zarbalarini qaytargan Jo Xartga qarab bunday deyish qiyin. Ammo nima ham derdik, xato qilish ularning qonida bor.

Bahorda Angliya terma jamoasi darvozasini qo'riqlash uchun "Stok Siti" posboni Jek Batlend chaqirilgan edi, ammo u nemislarga qarshi bahsda jiddiy jarohat oldi. Endi Evro-2016da inglizlar darvozasini Jo qo'riqlashi aniq bo'ldi. Nima bo'lishidan qatiy nazar, Xart Franciya maydonlarida barchaning diqqat markazida bo'lishi aniq.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика