Nega Angliya Kubogining kelayotgan bahslari noodatiy vaqtda boshlanadi?
02 jan 2020 21:20
Yangiliklar


Nega Angliya Kubogining kelayotgan bahslari noodatiy vaqtda boshlanadi?
4dan 6 yanvarga qadar Angliya Kubogining uchinchi raundidan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tadi.
32 uchrashuv noodatiy vaqt, yani, belgilangan paytdan bir daqiqa kech boshlanadi. Misol uchun, 4 yanvardagi “Vulverxempton” – “Manchester Yunayted” o'yini mahalliy soat bilan 17:31da (Toshkent 22:31) start oladi.
Bunga esa Angliya Sog'liqni saqlash vazirligining “Heads Up” kompaniyasi bilan hamkorlikda o'tkazayotgan akciyasi sabab bo'lgan. Akciyadan ko'zlangan asosiy maqsad insonlarning psixologik salomatligi haqida qayg'urishdir.
Musobaqaning amaldagi g'olibi “Manchester Siti” hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar