"Neftchi": Yoshlarimiz Yozyovonda o'ynaydi
13 may 2016 07:47
Yangiliklar
"Neftchi": Yoshlarimiz Yozyovonda o'ynaydi
Xabaringiz bor, Farg'onada Universiada-2016 boshlanishi arafisida bo'lib turibdi.
Viloyatda yirik sport turnirini o'tkazish uchun keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. SHuningdek, Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionida ham Universiada bahslariga qizg'in xozirlik ko'rilmoqda. SHu sababli, “Neftchi” jamoasi “Obod”ga qarshi Oliy liga 9-tur doirasidagi uy o'yinini Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida o'tkazadi. Avvalroq Yoshlar jamoamiz ham aynan mazkur stadionda o'ynashi haqida malumot bergandik. Biroq malum sabablarga ko'ra, Yoshlar ligasi doirasidagi “Neftchi” – “Obod” o'yini Yozyovondagi stadionida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, asosiy tarkib jamoalari shanba kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida o'zaro bellashadilar. O'yin soat 17:00da start oladi.
“Neftchi” matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar