So’nggi yangiliklar

07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  2 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  11 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  10 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  19 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  8 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0 19:39Рамос: "Беш йилдан кейин Мбаппе 4-5 та "Олтин тўп"га эга бўлади"  14

"Neftchi": Yoshlarimiz "Andijon"ga qarshi o'ynashdi Yangiliklar

"Neftchi": Yoshlarimiz "Andijon"ga qarshi o'ynashdi

Teglar :  NeftchiAndijon
Ikkinchi davraga xozirlik ko'rayotgan Bahrom Haydarov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” yoshlar jamoasi 19 iyul kuni Andijondagi BO'FM stadionida “Andijon” jamoasiga qarshi o'rtoqlik bahsida ishtirok etishdi.

Uchrashuvda andijonliklar 4:2 natijasida zafar quchishdi.

SHu kuni birinchi liga etakchisi tarkibida Akmal Xolmatov, Hamza Karimov, Anvar Berdiev kabi bir qator tajribali ijrochilar harakatlandi. SHuningdek, birinchi davrani “Neftchi”da o'tkazgan Furqat Hasanboev hamda Said Abdujabborlar ham “Andijon” sharafini himoya etishdi. Bahrom Haydarov mana shunday jiddiy bellashuvlar orqali o'z shogirdlarini ikkinchi davra bahslariga tayyorlanmoqda. SHuningdek yosh va iqtidorli futbolchilar jamoa ko'rigidan o'tmoqda.

Bellashuv yoshlarimiz uchun katta tajriba maktabi bo'ldi deyish mumkin. Garchi hisob vakillarimiz uchun qoniqarsiz ko'rinish olgan bo'lsada, Bahrom Haydarov shogirdlari o'zlarida yaxshi taassurot qoldirishdi.

O'yinda “Andijon” hisobni ochdi. Tajribali Akmal Xolmatov uzoq masofadan yosh darvozabon SHuhrat Rahmonovning xushyorligini sinab ko'rdi va uning bergan zarbasin chiroyli golga aylandi. 1:0

Ko'p o'tmay mehmonlar tarkibidan Islombek Karimov hisobni tenglashtirdi. Maydon markazida raqibga kuchli pressing uyushtirgan yosh farg'onaliklar to'pni raqibdan olib qo'yishdi va qarshi hujumga o'tib ketishdi. Oqibatda  Karimov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va imkoniyatdan unumli foydalandi. 1:1

O'z muxlislari qarshisida to'p surayotgan “Andijon”ni hisob qoniqtirmasligi aniq edi.  SHu sabab Usmon Toshev shogirdlari ketma-ket “Neftchi” darvozasiga hujum uyushtirishdi. Mana shunday hujumlarning biri qo'pollik bilan to'xtatildi va bosh hakam penalti belgilandi. 11 metrlik jarima to'pini Alisher Abduvohidov tepdi. Uning ilk zarbasini “Neftchi” darvozaboni qaytardi. Biroq qaytgan to'pga hammadan biri andijonlik futbolchining o'zi etib keldi… 2:1. Birinchi bo'lim shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi taym ham gollar va xavfli vaziyatlarga boy bo'ldi. Bo'limni “Neftchi” yoshlari gol bilan boshlashdi. Tanaffusdan Bahrom Haydarovdan kerakli ko'rsatmalarni olgan mehmonlar ketma-ket hujumlarni amalga oshirishdi. Vaziyatlarning biridan yana o'sha Islombek Karimov samarali foydalandi va o'z dublini nishonladi. 2:2.

Mazkur natijadan so'ng Bahrom Haydarov “Neftchi” darvozabonini almashtirdi. Maydonga Mashxur Muhammadjonov tushirildi. Biroq iqtidorli posbonning maydonga chiqishi unchalik darajada omadli chiqmadi. SHundan so'ng andijonliklar xavfli vaziyatlardan 2 tasini aniq foydalanish va ketma-ket gol urishga muvaffaq bo'lishdi. 4:2.

Asosiy tarkib: SHuhrat Rahmonov, SHodiyor Xojimatov, Abdujalil Manazarov, Bunyod Abdumanonov , Husanboy G'aniev, Islom Toshpo'latov, Islom Karimov, Xurshid Asqaraliev, Abduqodir Artikov, Elamon Karimov, Hamidullo Abduhamidov

Zaxira: Mashxur Muhammadjonov, Sardor Isakov, Botir Mamasidiqov, Nodir To'lanov, Ilxom Vaxobov, Asil G'oibjonov.










“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика