"Neftchi" yoshlari "Norin"ga yutqazdi
19 iyu 2016 22:13
Yangiliklar
"Neftchi" yoshlari "Norin"ga yutqazdi
19 iyul kuni Bahrom Haydarov shogirdlari Qirgulida Birinchi liga vakili Namanganning “Norin” jamoasini qabul qilishdi.
Keskin va murosasiz kurashlarga boy o'tgan o'yinda mehmonlar hisobni birinchi bo'lib ochishdi. “Norin”ning birinchi bo'limdagi to'piga Rustam Azamov egalik qildi. Birinchi bo'lim shu hisobda tugadi. Ikkinchi taymda maydon egalarida ham hisobni tenglashtirish uchun bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi va mana shunday vaziyatlardan birida Ibrohim No'monov vaziyatni tenglashtirdi. Maydon markazida to'pni raqibidan olib qo'ygan Ibrohim katta tezlikda oldinga o'tdi hamda barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda darvoza tomon zarba yo'lladi. 1:1.
Afsuski, taym oxiriga kelib yana o'sha Rustam Azamov o'z goli bilan “Neftchi” yoshlarini jazoladi va dubl qayd etdi. SHu tariqa norinliklar Qirgulidagi bahsda zafar quchishdi. 1:2


Yoshlarimiz “Norin” jamoasiga qarshi quyidagi tarkibda harakat qilishdi:
Asosiy tarkib: SHuhrat Rahmonov, Abduqodir Ortiqov, Mirjamol Nematov, Azam Xolmatov, Ibrohim No'monov, Husan G'aniev, Abror Ismoilov, Mo'minjon Marufjonov, Xurshid Asqaraliev, Ro'stam To'xtasinov, Anvar Abdulhaqov
Zahiradan maydonga tushganlar: Otabek Muhammadjonov, Sanjar Zokirov, Javohir Muxtorov, Sarvar Abdullaev, Asadbek Mamurov
Eslatib o'tamiz, bundan avvalgi nazorat bahsida Bahrom Haydarov jamoasi Quvasoyning “Cementchi” klubini kichik hisobda mag'lubiyatga uchratgandi. Endi “Neftchi” o'rinbosarlarini Arsivning “Behisor” jamoasiga qarshi o'yin kutib turibdi.
“Neftchi” matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar