"Neftchi": Yig'in davom etmoqda. Hamza Karimov jamoaga qo'shildi
18 jan 2017 09:20
Yangiliklar
"Neftchi": Yig'in davom etmoqda. Hamza Karimov jamoaga qo'shildi
Poytaxt yig'ini boshlanishidan avval jamoa “So'g'diyona”dan Muzaffar Muzaffarov va “Navbahor”dan Akram Bahriddinovlarni o'z safiga rasman qo'shib olganini malum qilgandik. Toshkent yig'in doirasida yana bir yangi nomga guvohi bo'lishimiz mumkin. O'zining “Nasaf” jamoasidagi ishonchli o'yinlari bilan muxlislarga tanilgan tajribali Hamza Karimov “Neftchi” jamoasi mashg'ulotlariga kelib qo'shildi. SHuningdek o'tgan mavsumni “Metallurg”da o'tkazgan Saidjon Abdujabborov ham “Neftchi” ixtiyorida ekanligini aytib o'tish mumkindir. Quyida mashg'ulotlardan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Bugun farg'onaliklar “Metallurg”ga qarshi navbatdagi o'rtoqlik bahsida ishtirok etishadi. O'yin “CHilonzor” stadionida soat 14:00da boshlanadi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar