So’nggi yangiliklar

12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  1 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  5 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  3 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  11 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0

“Neftchi” yangi yil tadbirini o'tkazdi Yangiliklar

“Neftchi” yangi yil tadbirini o'tkazdi

Ostonamizda 2015 yil turibdi. Yurtimizdagi jamoalar esa dekabr oyining oxirgi kunlariga kelib joriy yil yakunlariga bag'ishlab tadbir o'tkazmoqda.
Xususan “Neftchi” klubi ham kuni kecha yangi yil bayramini o'tkazdi. Payshanba kuni Farg'ona shahridagi “Miraj” kafesida futbolchilar, klubning hisobchi, oshpaz va jamiki ishchi xodimlari sharafiga bayram dasturxoni yozildi.



SHuningdek kechaga bir qator mehmonlar taklif etildi. Xususan Farg'ona neftni qayta ishlab chiqarish zavodining direktor o'rinbosari SHuhrat Sultonovich, Farg'ona viloyati futbol federaciyasi vice-prezidenti Salimjon Zokirov, “Istiqlol” stadioni direktori Ilhomjon Sobitov, kabi bir qator taniqli kishilar tadbirga tashrif buyurdi.



Yangi yil bayrami boshlanishi oldidan “Neftchi” klubi raisi Tohir Kapadze so'zga chiqib, yig'ilganlarni kirib kelayotgan yangi 2015 yil bilan samimiy qutladi. SHuningdek bir qator martabali kishilar so'zga chiqib, bayram arafasi tabriklarini yo'lladi.



Farg'ona futbolida o'ziga yarasha xurmat qozongan Lev Vaxtin, Arkadiy Pishuk hamda Valeriy Sedunov kabi faxriylar ham chiqish qilib, dilso'zlarini bildirdi.

SHundan so'ng futbolchilar sahnaga taklif etilib, musiqa va raqslar tashkil etildi.

SHu tariqa yangi yil tadbiri o'z poyoniga etdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика