So’nggi yangiliklar

07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2

"Neftchi" Vitaliy Levchenko bilan shartnomani uzaytirdi Yangiliklar

"Neftchi" Vitaliy Levchenko bilan shartnomani uzaytirdi

Farg'onaliklar murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.

Farg'onaning "Neftchi" klubi 1972 yil Tojikistonining Xo'jand shahrida tavvallud topgan mutaxassis bilan kelishuvni 2026 yilgacha uzaytirganini elon qildi.


"Tajribali murabbiy Vitaliy Levchenko 2022 yil iyul oyida "Neftchi" futbol klubiga bosh murabbiy bo'lib kelganda jamoa Superliganing oxirgi o'rinlaridan birida borar edi. Yangi mutaxassis ahvolni o'nglash uchun astoydil ishga kirishib, jamoaning taniqli klublar ustidan g'alaba qozonishini taminladi. Natijada farg'onaliklar turnir jadvalining to'qqizinchi pog'onasiga ko'tarilib olishdi. 

Vitaliy Grigorevich boshchiligidagi jamoa 2023 yil mavsumini puxta reja, aniq maqsad bilan boshladi. Dastlabki uchrashuvlarni g'alaba bilan yakunlab mavsum o'rtalarigacha turnir peshqadami bo'lib keldi. Jamoalar o'rtasidagi g'oliblik uchun kurash kuchayib ketgan taqdirda ham farg'onaliklar peshqadamlar safida mustahkam o'rnashib oldilar. Hozirgacha Superliga musobaqasida mag'lubiyatga uchramay kelayotgan "Neftchi" bundan buyon ham g'oliblar safida bo'lish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Jamoa tarkibidagi ayrim o'zgarishlarga qaramay "Neftchi" eng ishonchli jamoa sifatida muxlislar ruhini shod etib bormoqda. Bunday g'olibona va ishonchli holatni vujudga keltirishda bosh murabbiyning tajribasi, mahorati va masuliyati kuchli ekanligi poydevor bo'lmoqda. Ana shular hisobga olinib, klub rahbariyati Vitaliy Levchenko bilan bosh murabbiy sifatidagi shartnomani 2026 yilgacha uzaytirishga qaror qildi. 

Ko'p ming sonli muxlislar nomidan Vitaliy Grigorevichni bu yuksak ishonch bilan chin yurakdan muborakbod etamiz va unga olijanob niyatlarini amalga oshirish yo'lida yangi zafarlar tilaymiz", - deyiladi klub xabarida



Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика