So’nggi yangiliklar

10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  2 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  3 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  18 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  30 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  1 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  9 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  61 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6

"Neftchi": Tartib-intizom Qo'mitasi qarorlari Yangiliklar

"Neftchi": Tartib-intizom Qo'mitasi qarorlari

Teglar :  Neftchi
Futbolda, xuddi hayotdagi singari kutilmagan voqealar tez-tez uchrab turadi.

Ayniqsa bizning milliy chempionatda. Asosan hakamlar bilan bog'lik aql bovar qilmas voqealar so'ngi payt ko'payib bormoqda.  Haqiqat izlab, hakamlar ustidan  PFLga murojat qilasangiz, o'zingizni aybdor qilib chiqarishadi. Mana bugungi PFLning Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi qarori ham, qaysidir manoda  “Neftchi“ni “aybsiz-aybdor”ga aylantirib qo'ydi. Aslida O'zbekiston chempionatining birinchi davrasi so'ngi uchrashuvida Navoiyda bo'lib o'tgan  o'yinning 27-daqiqasida “Neftchi” tomonidan urilgan golni, ommaviy futbol saytlarida jamoatchilik tomonidan haqiqiyligi ham tasdiqlangan edi. Lekin, “Neftchi”ni bu masaladagi arizasi foydasiz bo'ldi. Bunday voqealardan keyin, har xil hayollarga borish mumkin. Balkim, “Neftchi”ning oradan vaqt o'tib, yana etakchilar qatorida yurishi kimlargadir yoqmayapdi shekilli,  jamoa azolarini birin - ketin PFLning Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan chetlatilib kelmoqda. Malumki, Andijondagi o'sha alamli  voqeadan keyin, jamoa bosh murabbiyi ikkinchi davraning so'nggi uchrashuvlaridan chetlatilgan edi. Oqibatda eng muhim uch o'yinni M.Ismoilov tribunadan tomosha qilishiga to'g'ri keldi. Mana endi ikkinchi davraning 2-3 o'yinida klub raisi T.Kapadze va jamoa etakchi o'yinchisi M.Saidovlar ishtirok etisha olmaydi. Bu esa jamoa o'yiniga tasir qilmay qolmaydi. Nima bo'lganda ham hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilib qolamiz.  

PFL Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi qaroridan iqtibos keltiramiz.

“Juma, 10 Iyul 2015

Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi va unga ko'ra bir qator futbolchi va murabbiylarga sankciyalar qo'llanildi.

PFK Neftchi raisi Toxir Kapadze 15-tur doirasida safarda Qizilqumga qarshi bahs yakuniga etganidan so'ng intizomsiz hatti-harakati uchun 2ta o'yinga chetlatildi. SHuningdek, Kapadze ogohlantirildi va jarimaga tortildi.

Oliy Liga 15-turida safarda Qizilqumga qarshi bahsda zaxira o'rindig'ida o'tirgan holda zaxira hakamini haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan Neftchi yarim himoyachisi Mansur Saidov, 3ta o'yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.”

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика