“Neftchi” – “Qizilqum” o'yini soat 14:00da boshlanadi
14 noy 2016 17:12
Yangiliklar
“Neftchi” – “Qizilqum” o'yini soat 14:00da boshlanadi
Oliy liga 29-turida Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.
Ayni paytga kelib “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadigan o'yinning boshlanish vaqtlari malum bo'lgan. 17 noyabr kuni o'tkazilinadigan bellashuv soat 14:00da boshlanadi. Uchrashuvda farg'onaliklar yashil rangdagi sport liboslarida harakat qilishadi. “Qizilqum” vakillari esa oq rangdagi formada maydonga chiqishadi.
Odatga ko'ra, o'yindan bir kuni avval “Neftchi” – “Qizilqum” jamoalarining o'rinbosarlar tarkibi Qirgulida o'zaro bellashishadi. Yoshlar ligasi doirasidagi bahs ham soat 14:00ga belgilangan.
Eslatib o'tamiz, mazkur o'yin “Neftchi”ning joriy mavsumdagi so'nggi uy o'yini hisoblanadi. Andrey Fyodorov shogirdlari 30-turda “Metallurg”ga qarshi o'yin orqali mavsumni yakunlashadi.
O’xshash yangiliklar
19:33
Ukraina chempionatining 2017 yildagi eng yaxshi murabbiyi "Neftchi" U-21 jamoasida ish boshladi 8
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar