So’nggi yangiliklar

17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  4 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  13 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  10 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0

“Neftchi” – “Qizilqum” 1:1 (to'liq sharh) Yangiliklar

“Neftchi” – “Qizilqum” 1:1 (to'liq sharh)

Teglar :  Neftchi
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi Toshkentdagi to'rtinchi o'rtoqlik bahsida Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi o'ynadi.

Bellashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi. SHunday qilib “Neftchi” jamoasi oxirgi 4 ta o'yinning 3 tasida durang natija qayd etdi. Bir g'alaba “Metallurg” bilan o'yinda kuzatildi. Yangi tarkibni shakllantirayotgan murabbiylar shtabi uchun Toshkentdagi yig'in ayni muddao bo'lmoqda.

Uchrashuv borasida fikr bildiradigan bo'lsak, “Neftchi” bahsdan bahsga o'z o'yinini kuchaytirib bormoqda. “Qizilqum”ga  qarshi uchrashuvda ham ko'plab xavfli vaziyatlar yuzaga kelganini aytib o'tish o'rinlidir. Ayniqsa oldingi chiziqda Amirjon Safarov va Vyacheslav Sushkinlar bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishmoqda. O'yinda tezkor gol kiritildi. Abdujamol Isroilov o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni havolatib tashlab berdi. Markazda turgan Safarov hammadan chaqqonroq harakat qilib, boshi bilan darvozaga zarba berdi va gol. 1:0. “Qizilqum”ning javob goli o'zini uzoq kuttirmadi. 39-daqiqada navoiyliklar safida Guja Grigalashvili Abdujalilov qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi.

Ikkinchi bo'limda “Neftchi” murabbiylari bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishdi. Abdujalilov, Safarov hamda Abdulhaqovlar o'rniga Sunatillo Ermatov, Otabek Ahmadjonov va Jalil Kimsanovlar maydonga tushirildi. Undan tashqari uchrashuv bosh hakami Vadim Agishev kutilmagan qarorni amalga oshirdi. “Neftchi” himoyachisi Avaz Agaliev o'yin payti maydon tashqarisida turganlar bilan tortishgani uchun qizil kartochka oldi. Uning o'rnini to'ldirish maqsadida Avazbek O'lmasaliev bahsga qo'shildi.

Navbatdagi 45 daqiqalikda Otabek Ahmadjonov, Sunatillo Ermatov va Jasur Azimovlarda ko'proq vaziyatlar yuzaga keldi. SHu qatori Farg'ona jamoasi ijrosida bir qator uzoqdan xavfli zarbalarga shohid bo'ldik. Ammo o'yin oxirigacha qulay vaziyatlar bo'lgani bilan boshqa gol kiritilmadi.


“Neftchi” murabbiylar shtabi bahsda quyidagi tarkibdan foydalanishdi.

“Neftchi”
: Abdumavlon Abdujalilov, SHukurali Po'latov, Davron Mamatov, Avaz Agaliev, Iskandar SHoykulov, Jasur Azimov, Abdujamol Isroilov, Abbos Maxstaliev, Abdurahmon Abdulhaqov, Amirbek Safarov. Vyacheslav Sushkin.

Zaxira: Vitaliy Mirnyy, Avazbek O'lmasaliev, Husniddin G'ofurov, Sunatillo Ermatov, Otabek Ahmadjonov, Elyor Mamasoliev,

"Qizilqum": Erkin Jabborov, Giorgi Kvesieshvili, Muhsin Ubaydullaev, Husniddin Fazliddinov, Akmal Rustamov, Erkin Boydullaev (s), Mirjalol Qosimov, Samandar SHodmonov, Doniyor Usmonov, Nodirxon Kamolov, Guja Grigalashvili.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика