So’nggi yangiliklar

18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  98 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  6

"Neftchi" – "Paxtakor" uchrashuviga "Istiqlol" arenasi emas, Yaypan shahridagi "O'zbekiston" stadioni mezbonlik qiladi Yangiliklar

"Neftchi" – "Paxtakor" uchrashuviga "Istiqlol" arenasi emas, Yaypan shahridagi "O'zbekiston" stadioni mezbonlik qiladi

Bu haqda O'zPFL xabar bermoqda.

"Coca-Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Paxtkor" o'yini 12-avgust kuni Yaypan shahrida bo'lib o'tadi.

Avvalroq mazkur bellashuvga katta tanaffusdan keyin Farg'onadagi "Istiqlol" arenasi mezbonlik qilishi malum qilingandi. Bugun — 8 avgust tongida O'zPFL komissiyasi "Istiqlol" stadioniga qayta tashrif buyurdi hamda stadionni o'yin oldidan o'rganib chiqdi. Bungacha komissiya 22 iyul kuni "Istiqlol"da bo'lgan hamda qilinishi shart bo'lgan ishlar yuzasidan axborot kiritgandi. O'rganishlar natijasi shuni ko'rsatdiki, talab darajasidagi bazi masalalarda kechikish mavjud. SHuningdek, maydon bo'yicha mutaxassislar fikriga ko'ra, maysa o'nglab olinishi uchun ham yana biroz vaqt kerak. 

Mazkur holatlarni inobatga olib, O'zPFL tavakkal qilmagan holda kechroq bo'lsa-da, uchrashuvni Yaypan shahriga ko'chirdi. O'zPFL mutaxassislari Toshkentga qaytgach, "Istiqlol" stadioni bo'yicha qayta talab kiritiladi. Bunda VAR texnologiyasi uchun "Istiqlol" stadioniga tegishli tashkilotdan ruxsat olish hamda stadiondagi texnik holat maromida ishlashi uchun internet tizimini talab qilingan ko'rsatkichga keltirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni holatda kiyim almashtirish xonalari, hakamlar xonasi, komissar xonasi va unga tutash hududlar bo'yicha masalalar hal etib ulgurilgan", – deyiladi rasmiy xabarda.

Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика