"Neftchi" O'zbekiston Kubogidagi eng yirik g'alabasini takrorladi
19 iyu 2019 21:43
Yangiliklar


"Neftchi" O'zbekiston Kubogidagi eng yirik g'alabasini takrorladi
Bugun O'zbekiston Kubogi uchinchi bosqichi doirasidagi "Neftchi" - "Zirabuloq" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda farg'onaliklar yirik 8:0 hisobida g'alaba qozonishdi. SHu tariqa "Neftchi" ushbu musobaqadagi o'zining yirik yirik g'alabasini takrorladi. 2002 yil Yuriy Sarkisyan boshchiligidagi jamoa "Ohangaron"ni 8:0 hisobida mag'lub etgan edi.
Bu natija O'zbekiston Kubogi musobaqasida oxirgi 3 yil ichidagi eng yirik g'alaba bo'ldi. Bundan oldingi eng yirik natija 2016 yil "Lokomotiv" - "UzDongJu" uchrashuvida qayd etilgan edi - 9:0.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar