“Neftchi” o'z muxlislaridan minnatdor!

Narzulla Saydullayev
2 mar 2018, 18:39
"Neftchi" matbuot xizmati "Nasaf" bilan o'yinga tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

1 mart kuni Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida haqiqiy futbol bayrami bo'lib o'tdi. Shu kuni jamoani qo'llab-quvvatlash maqsadida farg'onalik va yaqin atrofdan ko'p ming sonli muxlislar stadionga tashrif buyurdi. “Neftchi” PFK “Istiqlol” stadionida bahsni tomosha qilib, “Neftchi”ning haqiqiy 12-o'yinchisiga aylangan jonkuyar muxlislarga alohida minnadorchilik bildiradi.
 
Keyingi bahslarda ham barcha ishqibozlarni stadionda kutib qolamiz!, - deb yozadi "Neftchi" klubi rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz