So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  17 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  2 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  13 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  20 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

"Neftchi": "Norin" mag'lub etildi Yangiliklar

"Neftchi": "Norin" mag'lub etildi

Teglar :  NeftchiNorin
13 iyul kuni Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'z maydonida Birinchi liga vakili “Norin”ni qabul qildi.

Qirgulida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida farg'onaliklar 3:1 natijasida g'alabaga erishishdi.

Vadim Abramov davralar oralig'idagi yig'inning ilk qismiga bir qator yangi futbolchilarni taklif qilgan va ularni sinovdan o'tkazmoqda. “Norin”ga qarshi bellashuvda Vadim Karlenovich ikki xil tarkibni maydonga tushirdi. Birinchi bo'limda nisbatan tajribali o'yinchilar maydonga tushirilgan bo'lsa navbatdagi bo'limda ko'rikda bo'lib turgan va bir qator yosh futbolchilarga imkoniyat berildi.

Dastlabki bo'limda hisob ochilmadi. Biroq ilk taymda “Neftchi”da hisobni ochish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Yarim himoya chizig'ida faol o'yin ko'rsatgan Mansur Saidov uchrashuv davomida Mo'ydin Mamazulumov, Baxtiyor Yoqubov va Rizo Ayvazovlarni juda qulay vaziyatlarga chiqib borishiga imkoniyat yaratib berdi. SHuningdek, qanotda harakatlangan tajribali Jasur Hasanov o'z uslubida raqib zonasiga bir-necha marotaba xavfli reydlarni amalga oshirdi. Yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga jalb qilingan Abror Ismoilov ham mazkur bahsda o'z hisobiga gol yozib qo'yishi mumkin edi. Lekin uning ochiq darvozaga bergan zarbasi ancha yuqorilab ketdi

Bahsni tomosha qilish uchun Qirgulidagi stadionga bir qancha ishqibozlarni tashrif buyurganini ham aytib o'tish mumkin.

Ikkinchi bo'limda asosiy gollar kiritildi. Taym boshida mehmonlar jarima to'pidan Abdumavlon Abdujalilov darvozasini aniq nishonga olishdi. SHundan so'ng javob to'plari boshlandi. Dastlab Otabek Haydarov qanotdan tashlab berilgan uzatmani darvozaga joylab qo'ygan bo'lsa, ikkinchi bo'limda maydonga tushgan yana bir hujumchi Alisher SHog'ulomov ham o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ydi. Uchinchi to'p esa avto gol sifatida kiritildi. Temur Hakimov qanotdan katta tezlikda oldinga o'tdi va to'pni jarima maydonchasiga tashladi. Bu vaziyatda raqib himoyachisi to'pni chiqarib yuborishi chog'ida juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi. Yakuniy hisob 3:1, “Neftchi” nazorat bahsida muvaffaqiyat qozondi.

Eslatib o'tamiz, “Neftchi” 15 iyul kuni Qirgulida yana bir o'rtoqlik bahsida ishtirok etadi. SHu kuni “Yozyovon-Lochinlari”  jamoasi “Neftchi”ga raqiblik qiladi.

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика