So’nggi yangiliklar

09:17УEФА Чемпионлар Лигасининг янги мавсумида “Барселона“ни очколардан маҳрум қилиши мумкин  0 08:50Goal «Олтин тўп»ни ютишга даъвогарлар рейтингини янгилади. ПСЖнинг уч нафар футболчиси ТОП-10 га илк бор киришди  5 08:23“Реал Мадрид“ яна бир трансфер бўйича ишни якунлади  7 07:56Бугун Ўзбекистон ОТЖ Францияга қарши баҳс олиб боради  6 07:23БАА Спорт вазирлиги "Ҳаммамиз оқлар тарафидамиз" кампаниясини ўтказмоқда: Спорт федерацияларига бепул чипталар тарқатиляпти  25 00:44Сон Хён Мин "Тоттенхэм"ни тарк этиши ва Саудия клубига ўтиши мумкин?!  1 00:19Лука Модрич янги клуби билан қачон шартнома имзолайди?  1 23:44"Тоттенхэм" янги уй либосини тақдим этди  2 22:42Инзаги "Ал Ҳилол"да қанча маош олади?  2 22:07ПСЖ украиналик футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи, аммо...  0 21:32"Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлмаган Тео Эрнандес испан гранди сафига ўтиши мумкин  4 21:05Инзагининг ўрнига "Интер"га ким бош мураббий бўлади?  4 20:41Инзаги "Интер"ни тарк этди, унинг янги клуби ҳам маълум  9 20:15"Челси" А Сериядаги дарвозабон бўйича ишни бошлади  4 19:39Пенальтидаги “иккинчи тегиниш” қоидасига ўзгартиш киритилди   16

So'nggi daqiqalari gollarga boy o'tgan "Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvida g'olib aniqlanmadi Yangiliklar

So'nggi daqiqalari gollarga boy o'tgan "Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvida g'olib aniqlanmadi

Superliganing 21-turi doirasidagi "Neftchi" - "Navbahor" o'yini bo'lib o'tdi.


"Neftchi" - "Navbahor" 2:2
20 oktyabr 2024 yil. Farg'ona, "Istiqlol" stadioni. 15:00
Hakamlar:
Timur To'xtasinov, Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov, Mamur Ilhomov
VAR: Davron Akmalov
AVAR: Nasiba Toshmuhammedova
Nazoratchi: Jahongir Saidov
Komissar: SHohruh Said. 

Gollar: Anvarjon G'ofurov 3, - 1:0 (Quvondiq Ro'ziev). Toma Tabatadze 80 penalti, - 1:1. Sanjar Qodirqulov 90, - 2:1 (Manuchehr Safarov). Azim Ahmedov 90+6, - 2:2.

"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 2. Zoir Jo'raboev, 4. Boyan Ciger, 11. Javohir Qahramonov (17. Sanjar Qodirqulov, 86), 19. Mirzohid G'ofurov (55. Manuchehr Safarov, 86), 20. Anvarjon G'ofurov, 24. G'ulom-Haydar G'ulomov, 30. Quvondiq Ro'ziev (23. Diyorjon Turopov, 81), 70. Abbosjon G'ulomov, 77. Bilolxon Toshmirzaev (22. Azizbek Amonov, 71), 99. Nsungusi Effiong.

Zaxira: 45. Akbar To'raev, 8. Sardor Abduraimov, 10. SHoxruz Norxonov, 14. Xurshidbek Muxtorov, 21. Muhsinjon Ubaydullaev.

"Navbahor": 35. Sanjar Quvvatov, 7. Azimjon Ahmedov, 10. Jamshid Iskanderov, 12. Saidazamat Mirsaidov (21. Giorgi Nikabadze, 79), 14. Jamshid Boltaboev, 22. Toma Tabatadze, 23. Yovan Jokich, 24. Dostonbek Abdulhaev (9. Odiljon Hamrobekov, 68), 34. Farruh Sayfiev, 55. Komiljon Tojidinov (20. Muzaffarxon Mo'minov, 68), 77. Abrorbek Ismoilov.

Zaxira: 18. Eldorbek Suyunov, 4. Abror Karimov, 8. Siyavash Haqnazari, 17. Ruslanbek Jiyanov, 19. SHerzodbek Abdulboriev, 27. Javohir Tursunov.

Ogohlantirishlar: Javohir Qahramonov 43, Toma Tabatadze 52, Abbos G'ulomov 79,




MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+9. Uchrashuv yakunlandi. 2:2

90+6. GOL! Azim Ahmedov chamasi 25 metrlardan kuchli zarba bilan gol urdi - 2:2. Bu vaziyatda to'p yo'l yo'lakay Nsungusiga ham tegib yo'nalishini o'zgartirdi. 

90. Uchrashuvga 7 daqiqa qo'shildi

90. GOL! Turopov-Safarov-Qodirqulov kombinaciyasi gol bilan tugadi. Qodirqulov jarima maydoni ichidan boshi bilan gol urdi - 2:1. 

86. O'zgarishlar. "Neftchi". Qahramonov va G'ofurov o'rniga Qodirqulov va Safarov tushdi

81. O'zgarish. "Neftchi". Ro'ziev o'rniga Turopov tushdi

80. GOL! Toma Tabatadze 11 metrli jarima to'pini ishonch bilan golga aylantirdi - 1:1. 

79. O'zgarish. "Navbahor". Mirsaidov o'rniga Nikabadze

79. Ogohlantirish. "Neftchi". Abbos G'ulomov

78. Juda qiziq o'yinni davom ettirish haqida qaror chiqargan To'xtasinovning o'zi VAR monitori yoniga borishga qaror qildi va penalti belgiladi!

75. Yo'q, VAR penalti yo'q deb topdi. O'yin davom etadi 

73. Iskanderov burchak to'pini amalga oshirdi, Jokichning bosh bilan zarbasidan keyin to'p to'singa tegib qaytdi. SHu hujumda G'ulomov o'z jarima maydoni ichida Ismoilovni yiqitgandek tuyuldi, VAR Penaltini ko'rib chiqmoqda. 

72. Zarba! Azim Ahmedovning kuchli zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi

71. O'zgarish. "Neftchi". Toshmirzaev o'rniga Amonov tushdi

68. O'zgarishlar. "Navbahor". Tojidinov va Abdulhaev o'rniga Mo'minov va Hamrobekov tushishdi

65. "Neftchi" to'lig'icha qarshi hujum taktikasiga o'tib oldi

57. Zarba! Toma Tabatadzening jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

52. ZARBAAA! Jamshid Boltaboevning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'pni mezbonlar posboni Botirali Ergashev ushlab oldi.

 46. Ikkinchi taym boshlandi


45+2. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:0

45. Uchrashuvning 1-bo'limiga to'xtalishlar uchun 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Ogohlantirish. "Neftchi". Javohir Qahramonov

39. Xavfli vaziyat! "Neftchi"ning kam sonli hujumlaridan biri, Ro'zievning zarbasi Azim Ahmedovning qo'liga tegdi, ammo qo'l tanaga yopishib turgandi va bunday vaziyatda penalti belgilanmaydi! 

38. Ismoilovning to'p uzatishidan keyin Jamshid Boltaboev darvozaga zarba berdi, to'p to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.

35Gol urganidan so'ng "Neftchi" deyarli hujumga o'tgani yo'q, faqat "Navbahor" hujum qilmoqda

32. XAVFLI VAZIYAT! "Navbahor"dan chiroyli hujum, Iskanderov-Sayfiev-Ismoilov kombinaciyasini Abror noaniq zarba bilan yakunladi! 

27. Jamshid Boltaboevning zarbasi biroz kuchsiz chiqdi. Natijada to'pni Ergashev ushlab oldi.

25. ZARBA! Abrorbek Ismoilovning zarbasidan so'ng, to'pni farg'onaliklar posboni Botirali Ergashev qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

12. "Navbahor"da jarima to'pi, Azim Ahmedovning yo'llagan zarbasidan keyin to'p jonli devorga tegib qaytdi.

8. Komiljon Tojidinovning 25 metrlar chamasi uzoqlikdan erlatib tepgan zarbasidan so'ng, to'pni mezbonlar darvozaboni Botirali Ergashev ushlab oldi.

3. GOL! Anvarjon G'ofurov burchakdan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. 

1.O'yin boshlandi!

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика