So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  210 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  6 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  2 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

“Neftchi” – “Navbahor” bahsida kuchlar teng keldi (TO'LIQ SHARH) Yangiliklar

“Neftchi” – “Navbahor” bahsida kuchlar teng keldi (TO'LIQ SHARH)

Teglar :  NeftchiNavbahor
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi Toshkentdagi dastlabki o'rtoqlik bahsida “Navbahor”ga qarshi maydonga tushdi. “Vodiy derbisi”da kuchlar teng keldi. 1:1.

SHu kuni “Neftchi” ko'rigida bo'lib turgan ikki legioner futbolchi maydonga tushdi. Ular ukrainalik Sergey SHevchuk hamda yaponiyalik YU Kuboki ilk marta “Neftchi” safida harakatlanishdi.

O'yin garchi o'rtoqlik maqomiga ega bo'lsada qizg'in kurash va hujumlarga boy o'tdi. Biroq birinchi bo'limda xar ikkala jamoa futbolchilari ham vaziyatlardan foydalana olishmadi.

“Neftchi” murabbiylari ikkinchi bo'limda bir qator o'zgarishlarga qo'l urishdi. O'zgarishlar esa o'z so'zini aytdi. Zahiradan maydonga tushgan futbolchilar “Neftchi” hujumlarini yanada faollashtirdi. Ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilgan yaponiyalik legioner YU Kuboki boshlab bergan hujumni Abdul Aziz Yusupov gol bilan yakunladi. Ushbu vaziyatda Yusupov bir necha himoyachilarni mohirlik bilan aldab Namangan jamoa darvozasini aniq nishonga oldi.

Biroz o'tib Avazbek O'lmasaliev jarima maydonchasi ichida namanganlik futbolchiga nisbatan qoida buzdi. Hakam “Neftchi” darvozasiga penalti belgiladi. Ushbu vaziyatda “Neftchi” posboni Vitaliy Mirnyy penalti yo'nalishini aniq topdi va to'pni qaytardi.

Majburiy o'zgarish sodir bo'ldi. Biroz avvalgi vaziyatda raqib bilan to'qnashib ketgan Avazbek O'lmasaliev o'z o'rnini Jamshid Qobilovga bo'shatib berdi. Aynan Qobilov jarima maydonchasi yaqinida raqib futbolchisiga nisbatan qoida buzdi va yana penalti. Bu safar “Navbahor” imkoniyatni ko'kka sovurmadi. 1:1

Hisob durang ko'rinishiga kelganidan so'ng o'yin yanada qizg'in tus oldi. Ayniqsa YU Kuboki  bir necha marta darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Bazi vaziyatlarda yaponiyalik legionerning zarbalariga aniqlik etishmagan bo'lsa boshqa hollarda raqib darvozaboni mahorat ko'rsatdi. SHunday qilib, “Neftchi” – “Navbahor” bahsida kuchlar teng keldi.

“Neftchi”  murabbiylari bahsda quyidagi tarkibdan foydalanishdi.

Asosiy tarkib: Vitaliy Mirnyy, Jalil Kimsanov, Husniddin G'ofurov, SHukur Po'latov, Avazbek O'lmasaliev, Jasur Azimov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov, Sergey SHevchuk, Anvar Berdiev, Amirjon Safarov

Zahira: Farrux Turdaliev, Davron Mamatov, Jamshid Qobilov, Abror Ismoilov, Sunatillo Ermatov, Elyor Mamasoliev, Abdulaziz Yusupov, Davron Isaqov, YU Kuboki

Eslatib o'tamiz, “Neftchi” 14 fevral kuni “Metallurg”ga qarshi navbatdagi o'rtoqlik bahsida maydonga tushadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика