So’nggi yangiliklar

07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  6 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  1 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  14 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  130 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  2 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  7 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0 20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0 19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  2 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  1

“Neftchi muxlislar guruhi”ga marhamat! Yangiliklar

“Neftchi muxlislar guruhi”ga marhamat!

Teglar :  Neftchi
Yangi mavsum avvalida “Neftchi” muxlislar jamoasi tarkibi qaytadan tuzildi va Oliy liga-2016 davomida farg'onalik futbolchilarni qizg'in tarzda qo'llab-quvvatlab kelmoqda.

Aytish kerakki, “Neftchi” PFK hamda “Neftchi” muxlislar jamoasi o'rtasida yaxshi aloqalar yo'lga qo'yilgan. Klub muntazam ravishda fan-klub azolarini qo'llab keladi.  Davralar oralig'idagi tanaffusdan foydalanib,  “BEK” taxallusi bilan farg'onalik ishqibozlarga tanilgan  “Neftchi muxlislar guruhi” rahbari Qudartillo Mahmudov bilan suhbat qurdik.

–  Uzoq yillardan beri jamoaning ashaddiy muxlisiman, – deb gap boshladi Mahmudov – SHu sababli qishda anchagina faoliyati oqsab qolgan “Neftchi” fan-klubini  yana qayta tiklash borasida harakat boshladik. Klub rahbarlari ham bu borada bizga yordam berishdi. SHukurki, harakatlar besamar ketmadi. Jamoaning ashaddiy muxlislarini yig'ib “Neftchi muxlislar guruhi”ga asos soldik va qo'ldan kelgancha xar bir bahsda “Neftchi”ga ishqibozlik qilyapmiz. Klubning moliyaviy qo'llab-quvvatlashi natijasida, fan-klub vakillarini maxsus futbolkalar bilan taminladik. Mamlakatimizdagi boshqa fan-klub vakillariga aloqaga chiqib, ular bilan do'stona munosabatlarni o'rtanishga intilyapmiz. Xullas, bu borada samarali ishlar hali hamon davom etmoqda. Ikkinchi davrada ham “Neftchi muxlislar guruhi” safini yanada kengaytirib, 12-o'yinchi sifatida jamoa g'alabalariga hissa qo'shmoqchimiz.



–  Aytingchi, “Neftchi muxlislar guruhi”ga qo'shilish uchun nima qilish kerak bo'ladi ?

–  Albatta muxlislar bevosita menga murojaat qilishlari mumkin bo'ladi. Doim sevimli jamoamizni quvonchli va og'ir kunlarida birga bo'lish istagida bo'lgan, muxlislik madaniyatiga amal qiladigan ashaddiy muxlislarni safimizgi chorlab kolamiz. Buning uchun +998 93 982 10 82 raqamlari orqali aloqaga chiqishlari mumkin. “Bunyodkor” bilan o'yingacha qabul jarayoni davom etadi, – deb fikrlarini yakunladi “Neftchi muxlislar guruhi” rahbari.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика